Blind: "Vinisius o‘zini bunday tutmasligi kerak"
Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Danni Blind "Real" hujumchisi Vinisius Juniorning xatti-harakati haqida gapirdi.
Braziliyalik futbolchi bugun "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinda (3:3) zaxiradan maydonga tushib, sariq kartochka oldi. "Qaymoqranglilar" hujumchisi La Ligada beshta ogohlantirish limitiga yetgani uchun keyingi turda "Sevilya" bilan bahsda qatnasha olmaydi.
"Vinisius safar o‘yinlarida ko‘p narsalarga, shu jumladan irqchilikka ham chidashga majbur. Lekin gap uning fe’l-atvorida ham. U o‘zini bunday tutmasligi kerak - bunga hojat yo‘q.
Bu irqchilikni oqlamaydi, lekin u har bir vaziyatga bunday keskin munosabatda bo‘lish bilan o‘zini yaxshilamaydi. Ha, u qanday bo‘lsa, shunday, lekin ba’zida bu unchalik yaxshi emas," - deya Blindning so‘zlarini keltiradi TheEuropeanLad.