Vinisius: "Keldim, ko‘rdim, g‘alaba qozondim"
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior FIFA tomonidan 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida gapirdi.
“Keldim, ko‘rdim, g‘alaba qozondim.
Ular meni kamsitishga, qadrsizlantirishga harakat qilishdi. Lekin ular tayyor emas. Hech kim menga nima uchun kurashishni, o‘zini qanday tutishni aytolmaydi. San-Gonsaloda yashaganimda, hech kim men bilan qiziqmasdi.
Men o‘zim va oilam uchun g‘alaba qozondim. Bu yo‘lda meni "Flamengo", "Real Madrid", Braziliya terma jamoasi, jamoadoshlarim, har kuni hamrohlik qiladigan odamlar va meni hayratda qoldiradiganlar qo‘llab-quvvatladilar", - dedi Vinisius.
17 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Vinisius yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.