Xyutter: "Natijadan qoniqmadim"
“Monako” bosh murabbiyi Adi Xyutter Fransiya chempionatining 17-turi doirasidagi “Nant” bilan safardagi durang (2:2) o‘yinga izoh berdi.
"Natijadan qoniqmadim, chunki biz bugun kechqurun g‘alaba qozonishni xohlagandik. Birinchi bo‘limda biz juda sekin o‘ynadik va raqibimizga haddan tashqari ko‘p imkoniyat berdik. Keyin ikkinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng jangovar ruhni namoyon etdik, men buni har bir o‘yinda ko‘rishni xohlayman.
Ammo, umuman olganda, bu durangdan mamnun emasman", - deya Xyutterning so‘zlarini keltiradi «Monako» rasmiy sayti.