Alli Fransiyaga yo‘l olishi mumkin
Hujumkor yarim himoyachi Dele Alli faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.
MailSport nashrining xabariga ko‘ra, "Lill" 28 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar ro‘yxatidan joy olgan.
Dele Alli hozirda "Everton"da mashg‘ulot o‘tkazmoqda, biroq u erkin agent maqomiga ega. Aytish joizki, Dele Alli deyarli butun faoliyatini vatani Angliyada o‘tkazadi.
Istisno 2022/2023 yilgi mavsumga to‘g‘ri keldi, o‘shanda yarim himoyachi "Beshiktosh"da ijara asosida o‘ynagan.