AQSH 1957 yildan buyon ilk bor Kanadaga o‘z maydonida yutqazdi
8 sentyabrga o‘tar kechasi Kanzas-Siti shahrida 2026 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan AQSH va Kanada terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Jessi Marsh shogirdlari Jeykob Shaffelburg (17) va Jonatan Devid (58)ning gollari evaziga kuchliroq bo‘lishdi, amerikaliklar faqat Luka de la Torrening (66) goli bilan javob qaytarishdi - 2:1.
1957 yildan beri birinchi marta AQSH o‘z maydonida Kanadaga mag‘lub bo‘ldi. O‘shanda jamoalar JCH-1958 saralashi doirasida to‘qnash kelishgandi va Kanada nafaqat mehmonda (3:2), balki uy uchrashuvida ham (5:1) g‘alaba qozongandi.