Paulinyo faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
«Barselona», «Tottenxem» va «Guanjou Evergrand» jamoalari sobiq yarim himoyachisi Paulinyo faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
36 yoshli futbolchi ortda qolgan yozda «Korintians» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agentga aylangandi.
U Klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibi (2013 - «Korintians»), Ispaniya chempionli (2017/18), Ispaniya kubogi sohibi (2017/18) bo‘lgan.