«Barselona», «Tottenxem» va «Guanjou Evergrand» jamoalari sobiq yarim himoyachisi Paulinyo faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.
36 yoshli futbolchi ortda qolgan yozda «Korintians» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agentga aylangandi.
U Klublar o‘rtasidagi JCH g‘olibi (2013 - «Korintians»), Ispaniya chempionli (2017/18), Ispaniya kubogi sohibi (2017/18) bo‘lgan.