"MYU"ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ma’lum
"Manchester Yunayted" tarkibi qishki transfer oynasidan keyin o‘zgarishi mumkin.
Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, klub uchta futbolchi bo‘yicha takliflarga ochiq. Shunday qilib, himoyachi Viktor Lindelyof, shuningdek, ikki yarim himoyachi - Kazemiro va Kristian Eriksen "qizil iblislar" lagerini tark etishi mumkin.
"Manchester Yunayted" qiyin davrni boshidan kechirmoqda va hozirda APL turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 14-o‘rinda bormoqda. Ruben Amorim shogirdlari quyi ligaga tushib ketish zonasidan atigi 7 ochko oldinda.