Armanistonning ukrainalik bosh murabbiyi ishdan haydaldi
Armaniston futbol federasiyasi Aleksandr Petrakov Millatlar ligasi doirasida Shimoliy Makedoniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:2) bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berdi.
Petrakov Armaniston terma jamoasini 2023 yilning 14 yanvarida qabul qilib olgan edi. 67 yoshli mutaxassis qo‘l ostida jamoa 18 ta o‘yin o‘tkazib, shundan 4 tasida g‘alaba qozongan. Bundan tashqari, jamoa 2024 yilgi Yevropa chempionatiga ham chiqa olmadi.
Bungacha murabbiy Ukraina yoshlar terma jamoasi va milliy terma jamoani boshqargan.