Raul Armaniston terma jamoasini boshqarishi mumkin
Madridning «Real» klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Raul Gonsales Armaniston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Armaniston futbol federatsiyasi vise-prezidenti Armen Nikogosyan malum qildi.
«Nomzodlar ro‘yxatida ko‘plab mutaxassislar bor, ular orasida Raul ham bor», dedi Nikogosyan Fast News nashriga bergan intervyusida.
Raul 2015 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Hozirda u «Kastilya»ga ustozlik qilmoqda.
Manba: football24.ru