Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan sovrin yutmoqchi
Krishtianu Ronaldu Portugaliya bilan sovrin yutishni maqsad qilgan.
Terma jamoa tarkibida "An-Nasr" forvardi Yevro-2016 va Millatlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumida g‘olib chiqdi.
"Bir oydan keyin 40 yoshga to‘laman va to‘xtamasligimga amin bo‘lishingiz mumkin. Nega? Chunki men sovrinlar yutib, chempion bo‘lishni va gol urishni xohlayman.
Men hali ham terma jamoa bilan yana nimadir yutmoqchiman. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat", dedi Globe Soccer Awards marosimida Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Ronaldu.