Ronaldu: "Jamoamga rahmat"
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer tomonidan Yaqin Sharqda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilganiga munosabat bildirdi.
"Bu yil maydonda o‘tkazganimiz uchun jamoamga rahmat. Jiddiy natijalarga erishishimiz uchun kuch sarflagan har bir futbolchiga rahmat. Lekin men chempion bo‘lishni xohlayman va men shunga intilaman", - dedi Ronaldu.
Joriy mavsumda 39 yoshli portugaliyalik barcha turnirlar doirasidagi 19 uchrashuvda 16 ta gol urdi va jamoadoshlariga 3 marta assistentlik qildi.