APL. «Chelsi» uchrashuv oxirida ikki gol o‘tkazib yuborib, «Fulxem»ga mag‘lub bo‘ldi
"Chelsi" klubi Angliya chempionatining 18-tur doirasida "Fulxem"ga qarshi uy uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi (1:2).
16-daqiqada hisobni Koul Palmer ochdi. U ushbu gol bilan "Chelsi" tarixida kalendar yil davomida urilgan eng ko‘p gol rekordini yangiladi (26 ta gol).
"Fulxem" esa 82-daqiqada Xarri Uilsonning goli bilan hisobni tenglashtirdi. Rodrigo Munis esa 95-daqiqada g‘alaba golini urib, jamoasiga uch ochko olib keldi.
"Chelsi" ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ochko yo‘qotib, 8 ta o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasini tugatdi. Jamoa hozirda 35 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda joylashgan. "Fulxem" esa 28 ochko bilan 8-pog‘onani egallamoqda.
Kelgusi turda "Chelsi" safarda "Ipsvich"ga qarshi o‘ynaydi, "Fulxem" esa "Bornmut"ni qabul qiladi.
APL, 18-tur
Chelsi – Fulxem 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 16 Palmer, 1:1 – 82 Uilson, 1:2 – 90+5 Rodrigo Muniz.
Chelsi – Sanches, Kukurelya, Koluill, Adarabioyo, Gyusto, Kaysedo, Fernandes, Palmer, Sancho, Netu, Jekson (Nkunku, 73).
Fulxem – Leno, Bassi, Andersen, Diop, Kastan, Robinson, Lukich, Pereyra (Kerni, 73), Ivobi (Sessenyon, 90+2), Traore (Uilson, 67), Ximenes (Rodrigo Muniz, 74).
Ogohlantirishlar: Lukich (34), Andersen (38), Netu (59), Robinson (90+1).