Kafu: "Anchelotti murabbiy, ota va aka vazifasini bajarar edi"
Kafu "Milan"da Karlo Anchelotti bilan birga ishlagan davrini esladi.
"Anchelotti bir mavsumda atigi 12 ta o‘yin o‘tkazishimni xohlagan, biroq men ularning barchasini 38 yoshga to‘lgunimcha o‘ynaganman.
Men hech qachon dam olishni xohlamaganman va biz qo‘limizdan kelgan hamma narsani yutdik. Buning siri shundaki, biz shunchalik qattiq yuguradigan futbolchilardan iborat jamoa edikki, biz eng yaxshi jismoniy shaklda bo‘lishimiz kerak edi.
Anchelotti murabbiy, ota va aka vazifasini bajarar edi. U men uchun hamma narsani qilishga tayyor edi", - dedi “Milan”ning sobiq himoyachisi.