Amorim mag‘lubiyatdan keyin kiyim almashtirish xonasida futbolchilarga tanbeh berdimi?
Angliya Premyer-ligasining 18-turida "Manchester Yunayted" "Vulverxempton"ga imkoniyatni boy berdi (0:2).
Ruben Amorim shogirdlari 47-daqiqada Bruno Fernandeshning maydondan chetlatilgani tufayli o‘n kishi bilan qoldi. Tez orada mezbonlar o‘zlarining son ustunligidan unumli foydalanib, Mateus Kunya orqali hisobni ochishdi, qo‘shib berilgan vaqtda esa Xvang Chi-CHan gol urib, "bo‘rilar"ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.
Jurnalist Stiven Reylstonning so‘zlariga ko‘ra, "Yunayted"ning portugaliyalik bosh murabbiyi omadsiz o‘yindan keyin kiyinish xonasida o‘z futbolchilariga hech narsa demagan. Bu "qizil iblislar"ning Amorim qo‘l ostida Angliya chempionatidagi to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.