Amorim "Manchester Yunayted"da Ten Xagning antirekordini yangiladi
Ruben Amorim "Manchester Yunayted"da antirekord o‘rnatdi.
Portugaliyalik mutaxassis Premyer-ligada jamoa bosh murabbiyi sifatida o‘tkazgan dastlabki 7 uchrashuvning 4 tasida mag‘lub bo‘lgan. Bugun mankunianliklar "Vulverxempton"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Amorim Premyer-ligada to‘rtta mag‘lubiyatni "Yunayted"ning boshqa murabbiylariga qaraganda tezroq qabul qildi. Avvalgi antirekord Erik ten Xagga tegishli edi - niderlandiyalikning to‘rtinchi mag‘lubiyati 13-o‘yinda qayd etilgandi.
APLning navbatdagi turida "Manchester Yunayted" "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradi.