"MYU" APL antirekordini o‘rnatdi
«Manchester Yunayted» Angliya premyer-ligasining 15-turidan o‘rin olgan uchrashuvda o‘z maydonida «Nottingem Forest»ga imkoniyatni boy berdi (2:3).
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Yunayted» joriy Premyer-liga mavsumida 70% va undan ko‘p miqdorda to‘pga ega bo‘lgan holda o‘z uyida mag‘lub bo‘lgan birinchi jamoa bo‘ldi.
Bu «qizil iblislar»ning yangi bosh murabbiy Ruben Amorim boshqaruvidagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Avvalgi o‘yinda "mankunianliklar" mehmonda «Arsenal»ga imkoniyatni boy berishgandi (0:2).