Amorim Onananing burchak to‘pidan o‘tkazib yuborgan goliga munosabat bildirdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuvda (0:2) to‘g‘ridan-to‘g‘ri burchak to‘pidan jamoasi darvozasiga urilgan gol haqida gapirdi.
"O‘tgan hafta "Tottenxem" bizga qarshi xuddi shunday gol urgandi. Menimcha, Onana to‘pga sakray olmadi, chunki uning oldida ham, orqasida ham raqiblar bor edi. Darvozabonning sakrash vaqtida birgina kichik teginishi katta farq qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Men buni o‘tgan hafta ko‘rganman", deya Amorim so‘zlarini keltiradi BBC Sport.