Bogachukning promouteri Madrimov bilan jang haqida: "Bunday janglar boks uchun kerak"
Ukrainalik prof bokschi Sergey Bogachukning promouteri Tom Leffler mijozining hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan jangi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Jang bo‘yicha har ikki tomonda ham hech qanday ikkilanish yo‘q edi. Ularning ikkisi ham yaxshi kompensasiya olishadi.
Bu boksga kerak bo‘lgan jang — Bogachuk Ortisni ikki marta yiqitgandek edi, u biz uchun Virjilni mag‘lub etgandi. Sergey shunday bahsdan keyin yana og‘ir jangga qaytmoqda, Madrimov esa Kroufordga qarshi ajoyib jangdan so‘ng qaytadi. Ikkalasi ham ushbu janglarda qatnashgani uchun hurmatga loyiq", dedi Leffler.
Ma’lumot uchun, Madrimov - Bogachuk jangi 21 dekabr kuni Ar-Riyod shahrida, Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangining anderkardida bo‘lib o‘tadi.
Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати