"MYU" transferlarga 230 million yevro ajratadigan bo‘ldi
"Manchester Yunayted" uch nafar futbolchini sotib olish uchun 230 million yevro sarflashga tayyor. Bu haqda Football365 xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" "Barselona" vingeri Rafinyaga faol qiziqish bildirishmoqda, uning uchun 80+10 million yevro (qat’iy summa sifatida 80 million yevro, bonuslar sifatida 10 million yevro) to‘lashga tayyor.
Qolaversa, jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokereshning transferiga qiziqmoqda, uning shartnomasida sotib olish to‘lovi 80 million yevro.
Amorim shuningdek, Dortmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Gregor Kobelni "Manchester Yunayted"ga o‘tishini istamoqda. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik mutaxassis "qizil iblislar"ning amaldagi darvozaboni Andre Onana ko‘rsatayotgan o‘yin saviyasidan qoniqmayapti.