Safonov: "Birinchi mashg‘ulotlar dahshatli edi"
Fransiyaning «PSJ» klubi darvozaboni Matvey Safonov klubga moslashishi haqida gapirdi.
"Menga bu yer doimo qiziq. “PSJ” butunlay boshqa daraja, menga moslashish uchun vaqt kerak edi. Bosh murabbiyning ko‘rsatmalarini tushuna boshladim va endi hammasi osonlashdi.
Birinchi mashg‘ulotlar dahshatli edi, hamma narsa juda tez o‘tdi. Endi men bu jamoaning bir qismiga aylandim", - dedi Safonov.