La Liga klubi murabbiyi borasida bir qarorga keldi
"Betis" rahbarlari jamoa bosh murabbiyi Manuel Pellegrini borasida bir qarorga kelishdi.
TodoFichajes portalining o‘z sahifalarida xabar berishicha, La Liga klubi 71 yoshli mutaxassisga shartnomani yana bir mavsumga - 2027 yilning o‘rtalariga qadar uzaytirishni taklif qilmoqchi.
Manbaga ko‘ra, "Betis" Pellegriniga to‘liq ishonadi. Chililik mutaxassis jamoani anchadan beri - 2020 yilning avgustidan beri boshqarib kelmoqda.