APLdagi to‘purarlar poygasi: Saloh Xolanddan o‘zib ketdi
Yakshanba kuni Angliya Premyer-ligasining 17-turidan o‘rin olgan asosiy uchrashuvda "Tottenxem" va "Liverpul" jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Arne Slot shogirdlari Londonda 6:3 hisobida zafar quchdi. Oqshom qahramonlaridan biri hujumchi Muhammad Saloh bo‘lib, u ikkita gol urdi.
Hozirda Salohning joriy Angliya chempionatidagi gollari soni 15 taga yetdi. Misrlik futbolchi to‘purarlik poygasida oldinga chiqib oldi, "Manchester Siti" a’zosi Erling Xoland 13 ta gol bilan ikkinchi o‘rinda.
Kuchli uchlikni 11 ta gol bilan "Chelsi" futbolchisi Koul Palmer yakunlab turibdi.
"Liverpul"ning navbatdagi o‘yini 26 dekabr, payshanba kuni o‘z maydonida "Lester"ga qarshi o‘tkaziladi.