«Barsa» Olmoning otasi va agenti bilan uchrashdi
Kataloniyaning «Barselona» klubi Dani Olmoni mavsumning ikkinchi qismi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat qilmoqda.
«Relevo» xabariga ko‘ra, kecha klub rahbariyati 26 yoshli ispaniyalikning otasi Migel Olmo va agenti Ramon Valensiya bilan uchrashib, uni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini muhokama qildi.
Olmo joriy mavsumda 14 ta o‘yinda 6 ta gol urib, 1 ta assist berdi.