Angliyalik futbolchi vokzalda uyushtirilgan hujumdan so‘ng vafot etdi
Yarim professional “Barton Taun” futbol klubi darvozaboni Jeyms Hichkok vokzalda sodir bo‘lgan hujumdan so‘ng halok bo‘ldi. Bu haqda ingliz jamoasining matbuot xizmati xabar berdi.
Hichkok York shahridagi temiryo‘l stansiyasida yuz bergan hodisadan keyin boshidan olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi. Angliya polisiyasi 22 yoshli gumondor Makkensi Dichikkoni qo‘lga olgani haqida ma’lum qildi. U janjal chiqarish va qotillikda ayblamoqda.
Hichkok mavsum boshida “Barton Taun” safiga qo‘shilgan edi. Marhumdan rafiqasi va o‘g‘li qoldi.
Manba: daryo.uz