Shvesiya matbuoti Mbappeni ayolni zo‘rlaganlikda ayblamoqda
Kilian Mbappe jarohati sabab Fransiya terma jamoasiga bormadi. Forvardni Stokgolmdagi tungi klubda ko‘rishgan.
Matbuot futbolchini zo‘ravonlikda ayblamoqda. Fransiyaning RMC Sport nashri shvesiyalik hamkasblariga tayanib, shunday deydi:
"Stokgolm polisiyasi bir ayol Kilian Mbappe va uning do‘stlari o‘tgan hafta ikki kun bo‘lgan mehmonxonada sodir bo‘lgan zo‘rlash haqida shikoyat qilganidan keyin tergov boshladi".
Kilianning o‘zi mish-mishlarga tezda javob berdi: "Yolg‘on xabar. Bu "PSJ" bilan tortishuvlar yuz bergan vaziyatda sodir bo‘lgani kulgili holat".