Kelasi yozda APL top-klublari Rafinyani qo‘lga kiritmoqchi
"Barselona" qanot vingeri Rafinya kelasi yozda jamoasini almashtirishi mumkin, deya xabar berdi TNT Sports Brasil.
Manbaga ko‘ra, APLning "Arsenal", "Manchester Siti" va "Liverpul" kabi grand klublari Rafinyaning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.
Ushbu klublar yozda futbolchiga taklif bilan chiqishlari mumkin ammo futbolchining "Barcelona"ni tark etish extimoli juda pas.
27 yoshli futbolchi joriy mavsumda 24 ta o‘yinda 17 ta gol urib, 10 ta assist berdi.