Jekson nega o‘yinida samaradorlik oshganini tushuntirdi
"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson o‘tgan mavsumdagi o‘yinini hozirgisi bilan taqqosladi.
"Hammasi futbol va ko‘proq tajriba orttirishda. O‘tgan mavsum bu mavsumdan farq qildi, chunki men bu yerda yangi edim, lekin hozir o‘zimga ishonchim ortib bormoqda, shuning uchun yana gol urishdan juda xursandman.
Biz bir-birimizni yaxshiroq bilishni boshladik. Futbolchilar murabbiyning so‘zlariga quloq solishadi. Biz bor e’tiborimizni faqat oldinga siljishga qaratmoqdamiz", - deya Jeksonning so‘zlarini keltiradi "Chelsi" rasmiy sayti.
Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 23 yoshli Nikolas Jekson 15 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.