"Bavariya" sport direktori klub Keynga bog‘lanib qolmaganini aytdi
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl jamoaning hujumchi Xarri Keynga qaramligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bavariya" Keyn va uning gollariga bog‘liqmi? Aytish mumkinki, bugungi o‘yinda Xarri bizga yordam bergan bo‘lardi. Ammo jamoamiz usiz ham gol urish uchun yetarli mahoratga ega. Bu oxirgi haftalarda isbotlandi", dedi Eberl Bild nashriga.