Tuxel Angliya bilan hujumkor futbol o‘ynamoqchi
Tomas Tuxel 2025 yilning boshidan Angliya terma jamoasini qabul qilib oladi. Nemis mutaxassisi rejalar haqida fikr bildirdi.
"Umid qilamanki, biz hujumkor futbol o‘ynay olamiz va o‘yinchilarni yorqinroq qila olamiz. Biz buni qilishga harakat qilamiz. Bizning uyimiz bizning poydevorimiz. Men o‘sha yerda bo‘laman. Aks holda 18 yoki 20 oylik hamkorlikda kerakli muhitni yarata olmaymiz. Shunday qilib, baza men uchun doimiy uy bo‘ladi. Bizda ajoyib infratuzilma borligidan xursandman", - deya Tuxel so‘zlarini keltiradi talkSPORT.
Angliyaning JCH-2026 saralash bosqichidagi raqiblari Serbiya, Albaniya, Latviya va Andorra edi.