Ruben Amorim Fergyuson va Basbining natijasini takrorladi
«Manchester Yunayted» Ruben Amorim qo‘l ostida Yevropa Ligasidagi ikkinchi o‘yinida ham g‘alaba qozondi.
«Qizil iblislar» Chexiyaning «Viktoriya» klubi ustidan hujumchi Rasmus Xyoylunnning dubli evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, jamoa Amorim boshchiligidagi yevrokuboklarning dastlabki ikki o‘yinida ham g‘alaba qozondi. «Opta» ta’kidlaganidek, portugaliyalik mutaxassis ser Mett Basbi va Ser Aleks Fergyusondan keyin «Manchester Yunayted» bilan Yevropaning asosiy musobaqalaridan biridagi dastlabki ikki o‘yinda g‘alaba qozongan uchinchi murabbiy bo‘ldi. Ruben Amorim noyabr oyida mankunianliklar jamoasini qabul qilib olgandi.
«Yunayted» yangi bosh murabbiyi qo‘l ostida Yevropa maydondagi debyutida Norvegiyaning «Bude-Glimt» jamoasini mag‘lub etgandi (3:2).