Flik Penya bo‘yicha bir qarorga keldi
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik darvozabon Inyaki Penyaning kelajagi borasidagi rejalari haqida bir qarorga keldi.
Mark-Andre ter Shtegen jiddiy jarohat olganidan so‘ng ispaniyalik futbolchi «blaugrana»ning asosiy darvozaboni bo‘ldi. Penyaning shartnomasi bir yarim yildan keyin tugaydi, shuning uchun uning kelajagi noaniq deb hisoblangan. Gabriel Sansning so‘zlariga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Flik 25 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish uchun ruxsat bergan.
Inyaki Penya bu mavsumda kataloniyaliklar safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Umuman olganda, futbolchi La Liga grandi asosiy tarkibida 39 ta o‘yin o‘tkazgan.