«Borussiya D»ning 5 nafar asosiy futbolchisi «Barselona»ga qarshi o‘ynamaydi
Dortmundning «Borussiya» klubi chorshanba oqshomida «Barselona»ni Chempionlar ligasi 6-turida qabul qiladi.
Ushbu bahsda jarohat sabab «asalarilar»ga Valdemar Anton, Niklas Zyule, Maksimilian Bayer va Karim Adeyemi ishtirok etmaydi. Yulian Brandtning o‘yinda qatnashishi so‘roq ostida.