Benzema: "Bu shunchaki cho‘l emas, bu yerda qilinadigan ishlar juda ko‘p"
Karim Benzema 2034 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan Saudiya Arabistoni haqida gapirdi.
“O‘ylashimcha, Saudiya futboli o‘zgarmoqda. Men ishonamanki, 10 yildan keyin Saudiya Arabistoni tayyor bo‘ladi. O‘ylaymanki, mehmonlar har bir uchrashuvda saudiyalik muxlislarning ishtiyoqidan hayratda qolishadi...
Tushunish uchun siz kelishingiz va o‘yinda qatnashishingiz kerak. O‘ylaymanki, dunyo saudiyalik muxlislardan hayratda qoladi...
Saudiya Arabistoni haqida oldindan tasavvurga ega bo‘lgan odamlar kelib, buni o‘zlari ko‘rishlari kerak. Bu yerda ajoyib narsalar va ajoyib joylar mavjud. Odamlar do‘stona va bu erda o‘zingizni juda yaxshi his qilasiz.
Bu kashf qilinishi kerak bo‘lgan mamlakat. Bu yerda qilinadigan ishlar juda ko‘p. Bu shunchaki cho‘l emas, garchi cho‘lda ham hayratlanarli narsalarni boshdan kechirish mumkin. Siz Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishingiz kerak”, - dedi “Al-Ittihod” hujumchisi.