Spaletti: "Napoli"da yana cho‘qqiga qaytish uchun hamma narsa yetarli"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti "Napoli" haqida iliq fikrlar bildirdi.
Italiyalik mutaxassis Neapol klubi bosh murabbiyi lavozimini 2023 yilda tark etgandi. "Napoli" mening qalbimda abadiy qoladi.
Hozir ajoyib murabbiy va aql bovar qilmas muxlislarga ega kuchli jamoa bor. Ularda yana cho‘qqiga qaytish uchun hamma narsa yetarli", - deya Spalettidan iqtibos keltiradi Radio Kiss Napoli.