Rodri va Karvaxal Ispaniya terma jamoasi lageriga tashrif buyurishdi
Rodri va Daniel Karvaxal Ispaniya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan.
Luis de la Fuente shogirdlari Millatlar ligasida Daniya va Serbiya bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar 12 va 15 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri va "Real" himoyachisi Karvaxal o‘z sheriklarini qo‘llab-quvvatlash uchun kelishdi. Bu ikkala futbolchi ham tizzasidan jarohat olgan va terma jamoaning yaqin 1 yil ichidagi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
Ular tayoqchalar yordamida jamoa joylashgan joyga yetib kelishdi. Yig‘inda qatnashayotgan futbolchilar jarohat olgan sheriklarini qarsaklar bilan kutib olishdi.