17 yoshli Yamal «UNICEF» elchisi bo‘ldi
Lamin Yamal «UNICEF» elchisi bo‘ldi.
Bu haqda «Barselona» va Ispaniya terma jamoasining 17 yoshli futbolchisi fond bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi. Videoda Yamal ukasi Keynga bolalar huquqlari haqida yozgan maktubini o‘qiydi.
«Bugun men sizga va butun dunyodagi har bir bolaga murojaat qilaman:
«Hech qachon o‘ynashni unutmang», deyiladi videoning tagida.
«UNICEF» bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga ta’lim va sport bilan shug‘ullanish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha loyihalarni nazorat qiladi.