"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Amorim: "Men futbolchilarimni himoya qilish uchun hammaga qarshi turaman"
Yaqinda "Manchester Yunayted"ni qabul qilib olgan portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim o‘z shogirdlarini tanqidlardan himoya qilmoqchi.
"Men jamoam uchun hamma narsani qilaman. Agar kerak bo‘lsa, o‘z futbolchilarimni himoya qilish uchun hammaga qarshi turaman. Bu ishimning asosiy jihatlaridan biri. "MYU"ni o‘z joyiga qaytarish uchun qo‘limdan kelgan hamma ishni qilaman. G‘alaba qozonish uchun hamma narsani qilaman," - dedi portugaliyalik mutaxassis.