Mbappe FIFA kunlarida o‘z formasini tiklab olmoqchi
"Real Madrid"ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe o‘z holatini yaxshilash uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Mbappe terma jamoalar o‘rtasidagi tanaffus vaqtida o‘z formasini tiklab olmoqchi, chunki u hali "Real Madrid"da umidlarni oqlamayotganini tushunadi.
Joriy mavsumda 25 yoshli Mbappe barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.