"Real Madrid"ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe o‘z holatini yaxshilash uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Mbappe terma jamoalar o‘rtasidagi tanaffus vaqtida o‘z formasini tiklab olmoqchi, chunki u hali "Real Madrid"da umidlarni oqlamayotganini tushunadi.
Joriy mavsumda 25 yoshli Mbappe barcha turnirlarda 11 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.