Ingliz hakami UYEFAda ishlashdan ham chetlatildi
Ingliz futbol hakami Devid Kut so‘nggi kunlarda futbol jamoatchiligining e’tibor markazida. Bunga «Liverpul» va Yurgen Kloppni haqorat qilgan video tarqalgani sabab bo‘ldi. Angliyada Kut sud muhokamasi tugallangunga qadar o‘yinlarda ishlashdan chetlashtirildi. "The Sun" nashrining xabar berishicha, UYEFA ham Kutni vaqtinchalik chetlatgan.
Vaziyat shundayki, ish Kutning hakamlik faoliyatini yakunlashiga qadar borishi mumkin.
Hatto unga ma’lum bir vaqtda ishlashga ruxsat berishsa ham, obro‘sini tiklashning iloji yo‘q. Hakamlar uchun bu juda muhim.