APLda shov-shuv ko‘targan hakam Saudiyada ish boshlashi mumkin
Premer-liganing so‘nggi kunlarda shov-shuvli hakamiga aylanib qolgan Devid Kut Saudiya Arabistonidan boshpana topishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, hakamlar korpusi va FA ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda "Liverpul" va "qizillar"ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppni haqorat qilgan Kutga nisbatan tergov ishlarini boshladi.
42 yoshli Kut zudlik bilan Premyer-ligada hakamlik qilishdan chetlashtirildi va xalqaro tanaffus vaqtida terma jamoa o‘yinlarini boshqarishga bormadi.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, Kut endi Premyer-liga o‘yinlarini boshqarmasligini allaqachon tan olgan va iste’foga chiqarilishidan oldin o‘z xohishi bilan ketishga tayyor.
Daily Mail esa Kut Saudiya chempionatida boshpana topishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Yaqin Sharqda ular Angliyada yiliga 100 000 funt maosh oladigan hakamning obro‘si haqida qayg‘urmaydilar.
Saudiya ligasi o‘z standartlarini har tomonlama yaxshilash ustida ishlashda davom etmoqda va yuqori malakali hakamlarni yollash ushbu strategiyaning bir qismidir.