Levandovski belidan jarohat oldi
Robert Levandovski jarohati sabab Polsha terma jamoasiga bormaydi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, "Barsa" hujumchisi kecha "Real Sosyedad" bilan safar uchrashuvida (0:1) jarohat olgan.
Samolyotda allaqachon o‘yinchining belida qattiq og‘riq bor edi va "Blaugrana" tibbiyot jamoasi ko‘rikdan o‘tkazib, unga 10 kunlik dam olishni tavsiya qilishdi.
"Barselona" bu haqda Polsha futbol federatsiyasini xabardor qilgan va har ikki tomon ham futbolchining dam olishi va xotirjamlik bilan tiklanishi uchun uni tarkibdan chiqrashni maqsadga muvofiq deb topdi.
Agar hammasi rejadagidek bo‘lsa, futbolchi xalqaro tanaffusdan keyin La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak.