Vinisius qaysi mamlakatlarda “Oltin to‘p”ning kuchli 10 taligiga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Oltin to‘p” uchun kurashda Rodriga yutqazdi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra ispaniyalik braziliyalikdan 41 ochkoga oldinda edi.
E’tiborlisi, uch mamlakat jurnalistlari o‘tgan mavsumni yorqin o‘tkazgan Vinisiusni hatto kuchli o‘ntalikka ham kiritishmadi. Madrid Zone xabariga ko‘ra, gap Finlyandiya, Salvador va Namibiya vakillari haqida ketmoqda.
Shuningdek, 33 davlat saylovchilari, aksincha, Vinisiusga birinchi o‘rinni bergani ma’lum.
So‘nggi mavsumda 24 yoshli futbolchi “Los-Blankos”ga La Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishga yordam bergan va 39 o‘yinda 24 gol va 11 golli uzatmani amalga oshirgan.