Nistelroy: "Xotirjam bo‘lishingiz kerak"
"Manchester Yunayted"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Rud van Nistelroy hujumchi Rasmus Xyoylundga maslahat berdi.
"Siz ham men va uning jamoadoshlari kabi xotirjam bo‘lishingiz va o‘zingizga ishonishda davom etishingiz kerak.
U hali yosh va istiqbolli ekanini tushunadi va har kuni qilgan mehnati o‘z samarasini beradi. Albatta, aynan shu futbolchi bir epizodda, masalan, «Chelsi» darvozasiga penalti tepilgan epizodda o‘yinni o‘zgartira oladigan futbolchi edi", - deya Nistelroyning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.