Mareska Mudrik bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Enso Mareska Konferensiya ligasida Armanistonning "Noa" jamoasiga qarshi o‘yin arafasida Mixail Mudrikning jamoadagi o‘yin vaqti bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
"Birinchi navbatda shuni ta’kidlashni istardimki, u "Panatinaikos"ga qarshi o‘ynadi, u hafta oxirida "Nyukasl"ga qarshi o‘ynadi, keyin esa Liga kubogida "Nyukasl"ga qarshi o‘ynadi, lekin u o‘zining himoya ishini yaxshilashi kerak, bu hamma uchun amal qiladi.
Agar to‘p bilan o‘ynash haqida gapiradigan bo‘lsak, qanotlarimiz jarima maydonchasi ichida harakat qilishlari kerak. Avvaliga u bu borada muammolarga duch kelgan, hozir hammasi yaxshilangan. Odamlarni o‘zgartirish qiyin. Mudrik biroz uyatchan yigit. Lekin u biz bilan bo‘lganida hammasi joyida", - dedi Mareska.
Eslatib o‘tamiz, Mixail Mudrik joriy mavsum "Chelsi" safida 12 ta o‘yinda qatnashib, barcha turnirlarda bitta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.