«Real»da bunday yomon natija 2009 yilda sodir bo‘lgandi
Madridning «Real» klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Milan»ga imkoniyatni boy berdi - 1:3.
Statistikaga ko‘ra, «qirollik klubi» ketma-ket ikki uy uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi va ularning har birida kamida 3 ta gol o‘tkazib yubordi, bunday voqea 2009 yilning may oyidan buyon ilk bor sodir bo‘ldi. O‘shanda jamoa «Barselona» (2:6) va «Malyorka»ga (1:4) mag‘lub bo‘lgandi.