"Milan" yarim himoyachisi: "Katta o‘yinlarda gol urishni juda yoqtiraman"
"Milan" YECHL 4-turida safarda "Real"ni mag‘lub etdi - 3:1. "Rossonerilar"ning uchinchi goli muallifi Teyani Reynders o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Katta o‘yinlarda gol urishni juda yoqtiraman. Hozirgi paytda natijadan juda mamnunman. Hozir men ko‘proq darvozani mo‘ljalga olishga va jarima maydonchasi ichida faol harakat qilishga intilayapman. Bu tobora yaxshilanib bormoqda, natijalarini ko‘rib turibsiz", - deya Reyndersning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.