"Portu" futbolchisi olijanoblik ko‘rsatdi
"Portu" futbolchisi "Eshtoril"ga qarshi o‘yinda olijanob harakatni amalga oshirdi.
Portugaliya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Portu” vingeri Pepe Akino raqib darvozasi tomon yaqinlashayotgan bir paytda Pedro Amaral bilan to‘qnashuvga kirishdi. Pepedan tortib olmoqchi bo‘lgan Amaral bu jarayonda son mushagini jarohatlab oldi va maydonga yiqildi.
"Portu" vingeri jarima maydonchasida o‘z erkin qoldi va "Eshtoril" futbolchisining jarohatini ko‘rib, to‘xtadi va hujumni davom ettirmadi.
Bu harakati uchun Pepe Akino muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi, "Eshtoril" futbolchilari ham unga minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuvda “Portu” 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.