Xedira hayotdagi yo‘nalishini o‘zgartirdi
Mashhur germaniyalik sobiq futbolchi Sami Xedira bugungi faoliyati haqida gapirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u sport karyerasini yakunlaganidan so‘ng, futbol olamiga yaqin joyda qolishni emas, balki mashg‘ulotini butunlay o‘zgartirgan.
Hozir esa Xedira kofe ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
"Biz shunchaki qahva ishlab chiqarmaymiz, ichimlik tarixini ham bir vaqtda mijozlarga yetkazamiz. Eng qiyin narsa nima edi? Strategiyani tanlash.
Har bir shaharda biz kofening o‘ziga xos turini sotamiz", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.